Jamiyat | 11:00 / 20.11.2019
16809
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

OLED televizorlari – texnologiyalar mukammalligi

OLED ideal qora televizorlari har lahzada ko‘plab imkoniyatlarni ochib beruvchi  chuqur kontrastni ta'minlaydi.

Yaqindagina LED-televizion ekran bizlarga eng yuqori mukammallik bo‘lib tuyulardi. Biz hattoki yaqin-yaqingacha rangli tasvirlar insoniyat uchun chinakam ixtiro bo‘lganini tezda unutgan holda yorqin surat, tiniq rasmlardan foydalandik. Biroq hayot bir joyda turmaydi va LG kompaniyasining muhandislari bizlarga mutlaqo boshqacha sifatdagi mahsulot – OLED televizorlarini taqdim etishmoqda. Ular ekran matritsasiga ulangan organik yorug‘lik moslamalari asosida yaratildi. Bunday televizorlarda qo‘shimcha yoritishga hojat yo‘q, sababi yoritgichlarning o‘zi ranglarni tarqatadi va bu esa o‘z navbatida, ingichka displey yaratishga va chuqur qora rangni olishga imkon beradi.

Agar siz hali ham «chuqur qora rang»ni xususiyatlari nimadan iborat ekanligini tushunmagan bo‘lsangiz, devorga ilingan televizorda mushakbozlik efirga uzatilayotgan qorong‘u xonani tasavvur qiling. Agar sizga tasvir devorning o‘zida namoyon bo‘layotgandek tuyulsa – u holda sizda qandaydir to‘q-kulrang emas, balki shu yerda xuddi hech nima yo‘qdek ko‘rinuvchi ideal qora rang mavjud. Tasvir shu qadar yuqori sifatli bo‘lib ko‘rinadiki, u xuddi havoda suzayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Chegarasiz kontrast, rang uzatgichlarning keng imkoniyatlari, keng tomosha burchagi va shishaning nafisligi o‘zida jonli, tiniq ranglar, eng kichik nuqtalar aniqligi va tasvir chuqurligiga to‘yingan kinematografik voqelikni birlashtiradi. Sizga hozirgina tozalab artilgan derazadan ko‘chaga qarab turganingizdek hisni ulashadi. 

LG OLED55B8PLA televizori «aqlli texnika»ning betakror olamini ochib beradi. Qurilma ovozni bemalol aniqlay oladi, shu sababli texnikadan foydalanish yanada qulay. Agar uyingizda LG’ning boshqa gadjetlari bo‘lsa, ular orqali ham televizorni boshqarish mumkin. Televizor kengaytirilgan dinamik diapazon uchun barcha mavjud standartlarni ko‘tara oladi: HDR10, Dolby Vision, Hybrid Log-Gamma (HLG) va Technicolor’dan Advanced HDR. Televizor dizaynining ichida yashiringan old kolonkalar jarangdor va kuchli ovozni chiqargan holda kinoteatrda film tomosha qilayotgandek muhitni yaratadi, modelning o‘zi esa ixcham, nafis va juda zamonaviy ko‘rinishda. LG kompaniyasi texnikalarning dizayniga alohida e'tibor qaratadi. OLED texnologiyasi esa mazkur televizorni maksimal darajada ingichka qilishga imkon berdi – televizorga u o‘chirilgan vaqtda qarasangiz, ramka umuman yo‘qdek tuyuladi.

Televizorning ushbu modeli qanchalik detal qismlargacha e'tibor berib yaratilganini shunchaki pultni qo‘lga olgandayoq sezish mumkin. Arzimas narsa-ku, deb o‘ylashingiz mumkin, biroq hattoki shu yerda ham iste'molchilar qulayligi haqida qayg‘urilgan. Pult ichiga o‘rnatilgan giroskop ekrandagi kursor harakatini nazorat qilgan holda, pult atrofdagi boshqaruvini o‘qiydi. Pultdagi kontentlarni tez-tez o‘zgartirish uchun qulaylik yaratish maqsadida kompyuter sichqonchasiga o‘xshash maxsus g‘ildirak qo‘yilgan. Televizorni yoqish tugmasi bo‘rtib chiqqan bo‘lib, uni qorong‘ulikda his etish juda oson.

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid