Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari ma'lum qilindi
«O‘zgidromet» direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Bahriddin Nishonov Toshkentning qaysi tumanlarida havo eng ifloslanganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, 2019 yilda poytaxning barcha tumanlaridan Yashnobod tumanida azot dioksidining me'yoridan eng ko‘p – 2,5 barobar oshishi qayd qilingan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari qatorida Chilonzor va Mirobod tumanlari ham qayd qilib o‘tilgan.
Nishonovning ta'kidlashicha, Toshkentning havosi eng kam ifloslangan tumanlari Yakkasaroy va Qibray tumanlari hisoblanadi.
Avvalroq «O‘zgidromet»da havoni qaysi moddalar ko‘proq ifloslantirishi o‘rganib chiqilgandi. Aniqlanishicha, bunday moddalarga asosan chang, uglerod oksidi, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiak kiradi.
Mavzuga oid
21:07
Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
12:17
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
11:12
29 dekabr kuni kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin
18:14 / 27.12.2024