Jamiyat | 11:43 / 22.11.2019
10469
2 daqiqa o‘qiladi

«Kecha va kunduz» romani ingliz tilida nashr etildi

E'tiborli jihati Cho‘lpon asari tarjimoni tarjimon va noshir amerikalik.

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon o‘zining qisqa umri davomida o‘zbek adabiyotining durdona asarlarini yaratishga ulgurgan ijodkordir. Ayniqsa uning "Kecha va kunduz" romani sevib o‘qiladi, muntazam nashr etiladi.

Amerikalik yosh tarjimon Kristofer Fort o‘zbek adibi Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romanini ingliz tiliga o‘girgan edi. Tarjimonning bugun ma'lum qilishicha, ushbu kitob AQShda nashrdan chiqqan. Fort nishona sonini (suratda) olganini aytib, keyingi haftadan Amazon orqali sotuvga qo‘yilishini ta'kidlagan. Shuningdek, tarjimon O‘zbekistonda unga yordam bergan bir qator tanishlariga minnatdorlik bildirgan.

Kristofer For

Kristofer Fort o‘zbek tili, tarixi va madaniyatining bilimdoni hisoblanadi. Amerikalik tadqiqotchi Cho‘lpon romanini ingliz tiliga o‘girishga 2015 yili kirishgan. Orada O‘zbekistonga bir necha marta sayohat qilgan, ijodkorlar bilan tanishgan. U ma'lum muddat O‘zbekistonda yashagan va yurtimizga muntazam kelib turadi.

Mavzuga oid