Jamiyat | 15:40 / 22.11.2019
59871
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yog‘gan birinchi qordan fotogalereya

Bugun, 22 noyabr kuni respublikamizning qator hududlarida qish fasli kirib kelayotgani bilindi, birinchi qor yog‘di.

Poytaxt Toshkentda ham erta tongdan qor yog‘ishni boshladi. Bu kimgadir qishning izg‘irini bilan bog‘liq xotiralarni yodga solsa, kimgadir qishga tayyorgarlikni tugallashi uchun belgidir. 

Yana kimdir uchun esa, ayniqsa, olis qishloq ahliga sovuq qish-qirovli kunlarning sinovi boshlanganidan darak beradi.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu kunlarda transport va uy isitish vositalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishlarini so‘rab, fotomuxbirlarimizning Toshkent ko‘chalaridan tayyorlagan fotogalereyasini e'tiboringizga taqdim qilamiz.

E'tiborli jihati, 2018 yilda ham birinchi qor noyabr oyining so‘nggi o‘n kunligida yog‘gandi.

Fotolar mualliflari:
Nuriddin Nursaidov, Muhammadjon G‘aniyev

Mavzuga oid