Toshkent metrosida elektr ta'minotidagi muammo tufayli eskalatorlar harakati to‘xtab qoldi
Bugun, 27 noyabr kuni, Toshkent metrosining «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi bekatlarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi nimstansiyalarda kuchlanishning qisqa muddatli pasayishi qayd etildi.
«Toshkent metropoliteni» xabarida aytilishicha, soat 10:42da metroning «G‘afur G‘ulom», «Alisher Navoiy» bekatlarida yoritish moslamalari ishida nosozlik qayd etilgan hamda eskalatorlar harakati to‘xtab qolgan. Bir daqiqadan so‘ng, soat 10:43da, barqaror elektr ta'minoti to‘liq tiklangan.
Ta'kidlanishicha, ushbu hodisa poyezdlar harakati jadvaliga ta'sir qilmagan, sababi harakatlanuvchi sostavga elektr energiyasi yetkazib berishda boshqa ta'minotdan foydalanilishi aytiladi.
«Daryo» manbasi ma'lumotiga ko‘ra esa, chiroqlar miltillab emas, balki qisqa vaqtga to‘liq o‘chgan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
23:12 / 12.12.2024
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
18:33 / 03.12.2024
Toshkentda 4 dekabr kuni elektr ta’minotidan uziladigan hududlar ma’lum qilindi
19:04 / 02.12.2024