O‘zbekiston | 12:10 / 03.12.2019
46362
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Surxondaryoda «Qizil kitob»ga kiritilgan Buxoro bug‘usi mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati

29 noyabr kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi hududidan O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan bir bosh Buxoro bug‘usi (xongul) Surxondaryo viloyati Termiz tumani «Ayritom» mahallasi hududiga o‘tib, mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur hodisaning guvohi bo‘lgan mahalliy fuqarolar Sardor Bozorov, Botir Xudoyberdiyev va Behruz Rahmonov viloyat IIB YXXBga xabar berishgan.

O‘z navbatida, IIB xodimi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar bir bosh Buxoro bug‘usi Termiz hayvonot bog‘iga vaqtinchalik saqlash uchun topshirilib, hayvonot bog‘ining maxsus hayvonlarni saqlash joyiga joylashtirildi va veterinarlar tomonidan nazoratga olindi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati

Mavzuga oid