Jahon | 22:05 / 05.12.2019
27034
1 daqiqa o‘qiladi
2020 yilning bosh rangi ma'lum qilindi
AQShning Pantone rang instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2020 yilning bosh rangini ma'lum qilishdi. Ta'kidlanishicha, bu rang ko‘k rang bo‘ldi.
Ushbu institut Pantone kompaniyasining tadqiqot markazi bo‘lib, u ranglar bilan tajribalar olib boradi va ularning turli sohalarga ta'sirini o‘rganadi.
“Pantone 19−4052 Classic Blue ko‘k rangi o‘zining oddiyligi bilan nafisdir. Bu rang biz tomondan osoyishtalik rangi kabi qabul qilinadi, u osoyishtalik hissini beradi”, deyilgan xabarda.
Pantone Color Institute yilning bosh rangini 2000 yildan beri belgilab keladi. Institut 2019 yilda zarg‘aldoq rangi 16−1546 Living Coral’ni bosh rang sifatida tanlagandi.