Sport | 12:49 / 08.12.2019
15894
1 daqiqa o‘qiladi

Olga Zabelinskaya o‘zbek sportidagi tarixiy natijaga erishdi

Foto: MOQ

Yangi Zelandiyaning Kembrij shahrida velosport bo‘yicha o‘tayotgan Jahon kubogida o‘zbekistonlik Olga Zabelinskaya o‘zbek sportida tarixiy natijaga erishdi. Sportchi skretch yo‘nalishi bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi va o‘z hisobiga Tokio Olimpiadasi uchun 450 reyting ochkoni yozdirib qo‘ydi. 

Qayd etish joiz, Zabelinskaya avvalroq 2020 yilgi Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Bundan tashqari, u o‘zbek sporti tarixida velosport bo‘yicha Jahon kubogida ishtirok etgan ilk ayol bo‘ldi.  

Velosportning ushbu yo‘nalishidagi g‘alabaga Yangi Zelandiya vakilasi Xolli Edmonstond erishdi. 3-o‘rinni irlandiyalik Lidia Gurley egalladi.

 

Mavzuga oid