«Moskvarium»: Yevropaning eng katta akvariumlardan biriga sayohat
Rossiyaga safarini davom ettirayotgan Kun.uz muxbirlari Moskva shahridagi suv osti ajoyibotlari jamlangan Moskvariumdan video va fotoreportaj tayyorlashdi.
Moskvarium – Yevropaning eng yirik akvariumlaridan biri bo‘lib, Moskva shahridagi VDNX (Vystavka dostijyeniy narodnogo xozyaystva - Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi) parki ichida joylashgan. Moskvariumga borish uchun qulay yo‘l bu metro. Eng yaqin metro bekati ham VDNX bekatidir.
Ushbu ajoyib suvosti maskani 2015 yil 5 avgustda foydalanishga topshirilgan.
Uning ekspozitsiyasida 80dan ortiq akvarium joy olgan bo‘lib, 12 mingdan ortiq dengiz va chuchuk suv hayvonlari mavjud.
Akvariumning umumiy maydoni 53 ming kvadrat metr bo‘lib, 25 ming kub suvni o‘z ichiga sig‘dirgan.
Akvarium haqiqatan katta va chiroyli qilib qurilgani e'tiborga loyiq. Dam olish kunlari akvarium bolalar va ularning ota-onalari bilan gavjum bo‘ladi.
Dunyoning turli o‘lkalarida uchraydigan suvosti jonzotlarini shu yerda uchratish mumkin.
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024
Krokus terakti: gumondorlarni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi, lekin buyurtmachi hamon aniq emas
11:47 / 13.11.2024