Ronalduga «Real», Kloppga - «Borussiya» tushishi mumkin. Bugun yevrokuboklarda qur'a
16 dekabr kuni Chempionlar ligasida 1/8 final, Yevropa Ligasida esa 1/16 final juftliklari aniqlanadi.
Chempionlar ligasi
YeChL 1/8 final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Qur'adan avval pley-off ishtirokchilari ikkita savatchaga ajratilgan: birinchisida guruh g‘oliblari, boshqasida — guruhlarda ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar joylashgan.
Shu tariqa, birinchi savatchada «PSJ», «Bavariya», «Manchester Siti», «Yuventus», «Liverpul», «Barselona», «Leypsig» va «Valensiya» o‘rin olgan. Bu jamoalar 1/8 finalda bir-birlariga raqib bo‘lmasliklari aniq.
Ya'ni, masalan, Lionel Messi bu bosqichda Krishtianu Ronalduga qarshi yoki Pep Gvardiola — sobiq jamoalari «Bavariya» va «Barselona»ga qarshi o‘ynamaydi.
Ikkinchi savatchada «Real», «Tottenhem», «Atalanta», «Napoli», «Borussiya» D, «Lion», «Chelsi» va «Atletiko» bo‘ladi.
Qur'a natijalariga ko‘ra 8 jamoa hosil bo‘ladi. Turnir tarixida ilk marta pley-offga faqat kuchli beshlik chempionatlari vakillari yo‘l olishgan: APL va La Ligadan 4tadan, A Seriya va Bundesligadan 3tadan, Fransiya chempionatidan 2ta jamoa.
An'anaga ko‘ra, bitta guruhdan chiqqan jamoalar bu bosqichda ham o‘zaro raqib bo‘lmasligi kafolatlanadi, shuningdek bitta chempionat vakillari bu bosqichda o‘zaro to‘qnashmaydi. Guruh g‘oliblari birinchi o‘yinni safarda o‘tkazishadi.
Quyida qur'a taqdim etishi mumkin bo‘lgan syujyetlarni ko‘rib chiqamiz:
«Borussiya»ning sobiq murabbiy bilan uchrashuvi
So‘nggi 10 yillikda Dortmund nemis murabbiylari uchun o‘ziga xos tramplinga aylandi. Bu yerda 7 yil ishlagan Yurgen Klopp «Liverpul» bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi, hozir esa Premer-Liga g‘olibligi uchun kurashmoqda. Tomas Tuxel Dortmundda ikki yil o‘tkazdi va kattaroq yutuqlarga erishish uchun «PSJ»ga «uchirma» bo‘ldi. Endi esa ikki klub ham nimchorak finalda «Borussiya»ga raqib bo‘lishi mumkin. Muxlislarni katta ehtimol bilan nostalgiyaga boy uchrashuvlar kutmoqda.
Krishtianu «Santyago Bernabeu»ga, Zidan esa Turinga qaytishi mumkin
O‘tgan mavsumda ham Ronaldu Madridga qaytgan, ammo o‘shanda «Yuventus» «Atletiko»ga qarshi o‘ynagandi. Uning «Bernabeu»ga qaytishi 1/8 finalning asosiy voqeasiga aylanishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, portugaliyalik forvard Italiyaga kelganidan afsusda, u «Real»da qolganida yana bir «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lishi haqida o‘ylamoqda. «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchun ham Turinga har qanday safar yoqimli xotiralarni yodga solishi tayin - u aynan «Yuventus»da jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangandi.
Chempionlar ligasining klassik afishasi
Yevropa futbolini 90-yillardan kuzata boshlagan avlod uchun «Bavariya»ning «Real» bilan qarama-qarshiligi - Chempionlar ligasining haqiqiy klassikasidir. Agar 1999/00 yilgi mavsumdan hisoblansa bu jamoalar turnirning pley-off bosqichida jami 9 mavsumda ro‘baru kelishgan va shundan 5 martasi yarim final bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bu qarama-qarshilikda umumiy hisob «Real» foydasiga 6:3, lekin har bir g‘alabaga ispanlar katta qiyinchilik bilan erishgan, yoki bir to‘p ustunligi, yoki penaltilar seriyasi.
Yana bir yorqin afisha - «Barsa»ning yana bir bor «Chelsi»ga qarshi o‘ynashi mumkinligidir. 2004/05 yilgi mavsumda Frank Raykard va Joze Mourino boshqaruvidagi jamoalar ichki chempionatlarda yaqqol yetakchilik qilganida o‘zaro to‘qnashgandi. O‘shandan beri jamoalarning yo‘li Chempionlar ligasida yana 6 marta o‘zaro kesishdi va har bir uchrashuv ehtiroslarga boy o‘tgan. 10 yil muqaddam Evrebe hakamlik qilgan o‘yin esa hech kimning yodidan chiqmaydi.
Debyutant jamoa chorak finalga chiqishi mumkin
«Leypsig» o‘z tarixida ikkinchi marta YeChLda ishtirok etmoqda, «Atalanta» uchun joriy turnir tarixdagi birinchisidir. Ikki jamoa ham barchani hayratlantirgan holda guruhdan chiqishdi. Nemislar teng kuchli deb qaralgan guruhda tengsiz bo‘ldi va ilk marta pley-offga chiqdi, italyanlar esa dastlabki uchta turda yutqazib, to‘rtinchisida durang o‘ynab ham pley-offga chiqa oldi. Agar bu jamoalar nimchorak finalda o‘zaro raqib bo‘lsa, chorak finalda kutilmagan debyutant paydo bo‘lishi mumkin.
Mourino yana «Barselona»ga qarshi turishi mumkin
«Real» muxlislari eng yomon ko‘rgan murabbiy kim. Rafael Benitesdan tashqari. Ular Pep Gvardiola nomini aytishadi. O‘z navbatida «Barselona» muxlislari bu o‘rinda klasikoni futboldagi aralash jang san'atlariga aylantirib yuborgan Joze Mourinoni yodga olishadi.
Pep va Joze anchadan buyon Ispaniyada emas. Ammo ular Ispaniyaga qaytishi va o‘zlaridan nafratlanadigan muxlislar qarshisida turishi ham mumkin.
«Real» ehtimollar nazariyasiga qarshi
Madrid superklubi guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, saralanmaganlar savatchasiga tushishi - qur'aning qo‘shimcha intrigasidir. Endilikda yozgi transferlarga rekord darajada mablag‘ sarflagan Florentino Peres jamoasi 83 foiz ehtimol bilan kuchli raqibga qarshi - «Manchester Siti», «Liverpul», «Yuventus» yoki «Bavariya»ga tushishi mumkin. Faqat 17 foizlik ehtimol bilan klubga nisbatan kuchsiz bo‘lgan «Leypsig» ro‘baru keladi. Odatda «Real»ga nimchorak finalda «Shalke», «Roma» va TsSKA kabi oddiy raqiblar duch kelishardi. Bu safar qanday bo‘larkin?
Taxminiy qur'a:
«Yuventus» — «Real Madrid»
- Ronaldu «Real»ga qarshi
- Zidanning Turinga qaytishi
- Chempionlar ligasi–2016/17 mavsum remeyki
Imkoniyatlar: «Yuventus» — 60%, «Real» — 40%
«Barselona» — «Chelsi»
- Yevrokuboklar klassikasi
- Messi «Chelsi»ga 8 o‘yinda gol urolmagan
- «Barsa» uchun YeChLdagi kambeklar qo‘rqinchli tush, londonliklar esa ko‘p marta kambek qilgan
Imkoniyatlar: «Barselona» — 70%, «Chelsi» — 30%
«Leypsig» — «Atalanta»
- Yevromavsumning kashfiyot jamoalari
- Top-raqiblarga qarshi o‘yinlarga yana bir tayyorgarlik
- murosasiz va hujumkor o‘yinlar
Imkoniyatlar: «Leypsig» — 60%, «Atalanta» — 40%
«Manchester Siti» — «Atletiko»
- Pep Simeonega qarshi
- «Atletiko» muxlislarining Aguero bilan uchrashuvi
- O‘yin uslubiga ko‘ra butkul qarama-qarshi ikki jamoa
Imkoniyatlar: «Manchester Siti» — 55%, «Atletiko» — 45%
«Liverpul» — «Borussiya»
- Klopp sobiq jamoasiga qarshi
- Ikki tomondan ham yuqori tezlikdagi o‘yin
- «Borussiya»ga raqib kim bo‘lishining farqi yo‘q
Imkoniyatlar: «Liverpul» — 70%, «Borussiya» — 30%
«PSJ» — «Tottenhem»
- Mourinoga gazetalarning birinchi sahifasiga chiqish uchun top-raqib kerak
- «PSJ» qatorasiga to‘rtinchi mavsumda 1/8 finaldan chiqib ketishga haqli emas
- «Tottenhem» anderdog-jamoa sifatida xavfli
Imkoniyatlar: «PSJ» — 60%, «Tottenxem» — 40%
«Valensiya» — «Lion»
- Teng kuchli jamoalar
- Ikki jamoa ham mavsum o‘rtasida murabbiy o‘zgartirdi
- «Valensiya» ichida fransuz desanti
Imkoniyatlar: «Valensiya» — 50%, «Lion» — 50%
«Bavariya» — «Napoli»
- Ikki jamoa ham ichki chempionatlarda muammolarga uchragan
- Ikki jamoa ham mavsum o‘rtasida murabbiy o‘zgartirdi
- «Bavariya»ning to‘pga egalik qilishga asoslangan uslubiga qarshi«Napoli»ning qarshi hujumlari
Imkoniyatlar: «Bavariya» — 65%, «Napoli» — 35%
1/8 final uchrashuvlari quyidagi sanalarga belgilangan:
Birinchi o‘yinlar — 18, 19, 25 va 26 fevral,
Javob o‘yinlari — 10, 11, 17 va 18 mart.
Yevropa Ligasi
Soat 17:00da Yevropa Ligasining 1/16 finali uchun qur'a tashlash marosimi boshlanadi. Qur'adan oldin jamoalar ikki guruhga ajratiladi. Birinchisida 12ta guruh g‘oliblari va Chempionlar ligasida uchinchi o‘rinni egallab kelgan 8 jamoadan natijasi nisbatan yaxshiroq bo‘lgan 4tasi, ikkinchi guruhda esa — guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar va YeChLdan tushgan yana 4 jamoa o‘rin oladi.
Birinchi savatchadan «Ayaks», «Arsenal», «Bazel», «Benfika», «Braga», «Gent», «Zalsburg», «Inter», «Istanbul BB», LASK, «Malme», «Manchester Yunayted», «Portu», «Sevilya», «Seltik», «Espanol» kabi jamoalar o‘rin oladi.
Ikkinchi savatchada «Ayntraxt» F, APOEL, AZ, «Bayyer», «Bryugge», «Volfsburg», «Vulverhempton», «Kopenhagen», «Ludogorets», «Olimpiakos» P, «Reyndjers», «Roma», «Sporting», «Xetafe», ChFR va «Shaxtyor» klublari joylashadi.
Qur'a natijasida 16 juftlik hosil bo‘ladi. Bitta guruhdan chiqqan jamoalar bir-birlariga raqib bo‘lmaydi, shuningdek bu bosqichda bitta mamlakatning ikki jamoasi o‘zaro to‘qnashmaydi. Birinchi savatchada joylashgan jamoalar birinchi o‘yinni safarda o‘tkazadi.
1/16 final uchrashuvlari quyidagi sanalarga belgilangan:
Birinchi o‘yinlar — 20 fevral,
Javob o‘yinlari — 27 fevral.
Istisno tariqasida «Braga» javob o‘yinini 26 fevral kuni o‘tkazadi.
Mavzuga oid
11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024