O‘zbekiston | 21:50 / 18.12.2019
79164
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusoboddagi fojia qurbonlari soni oshdi. Qidiruv ishlari davom etmoqda

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududda olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana bir kishining jasadi chiqarib olingani va uning shaxsi aniqlangani haqida ma'lumot berdi.

«Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan to‘rtinchi fuqaroning jasadi olib chiqildi va uning shaxsi aniqlandi:
A.Diyorov – 1986 yilda tug‘ilgan.
Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan avvalroq vazirlik hodisa oqibatida halok bo‘lgan uch kishining shaxsiga aniqlik kiritgandi:

O.Abdullayev, 1989 yilda tug‘ilgan;
J.Ravshanov, 1989 yilda tug‘ilgan;
D.Abdullayev, 1999 yilda tug‘ilgan.

Mavzuga oid