O‘zbekiston | 13:49 / 20.12.2019
32440
2 daqiqa o‘qiladi

Narimon Umarov: «Partiyalar xomxayol bilan yuribdi»

Foto: KUN.UZ

“Agarda parlamentda birinchi o‘rinni oladigan bo‘lsak, kurashamiz, va'dalarimizni bajarolmasak iste'foga chiqamiz”, dedi “Adolat” SDP raisi Narimon Umarov “Debatdan so‘ng” ko‘rsatuvida.

Umarovning fikricha, parlamentda ko‘p ovoz olishga partiyaning salohiyati yetarli.

Narimon Umarov shuningdek, O‘zLiDePni asosiy raqobatchi deb hisoblashini bildirdi.

“Adolat” SDP raisi partiyalarning tibbiy sug‘urta davlat hisobidan bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlarini tanqid qildi.

“Davlatning mablag‘i sog‘liqni saqlashga ketmoqda. Pul yetmayotganligidan tibbiy sug‘urta qilamiz deyapmiz. Partiyalar xomxayol bilan yuribdi”, dedi u.

Umarov boshqaruv tizimi judayam markazlashganini, buni viloyatlarga berish kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Obod mahalla” tashabbusi judayam yaxshi, lekin oxirigacha yetkazilmayapti. Mahalliy ijrochi organlar ustidan nazorat bo‘lishi kerak, dedi Narimon Umarov.

“Adolat” SDP raisining fikricha, dorilar biznesga aylanib qolgan.

“Dorixonalar faqat klinika, poliklinikalarda bo‘lishi, oddiy dorilardan tashqari barcha dorilar retsept asosida berilishi, dorilarning reklamasini taqiqlash kerak. Bu dorilarni ichib vafot etayotganlar bor”, dedi Umarov.

Narimon Umarov shuningdek, korrupsiya, o‘rtahol aholi qatlami, yo‘l belgilari, “snos”lar va boshqa qator mavzularda so‘z yuritdi.

Suhbatni batafsil quyidagi video orqali tomosha qilish mumkin.

Mavzuga oid