Jahon | 09:45 / 25.12.2019
6274
1 daqiqa o‘qiladi

Burkina-Fasoda jangarilar hujumi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS/Arnaud Brunet

Burkina-Fasoda jangarilar hujumi oqibatida tinch aholi orasidan 35 kishi va politsiyaning 7 xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Hujum 24 dekabrda Afrika davlatining shimolidagi Arbinda shahrida sodir etilgan. Hujumga bir vaqtda tinch aholi va harbiy otryad uchragan. Kuch tuzilmalari hujumni qaytarishga va 80 jangarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. 

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Mali chegarasida yuz bergan to‘qnashuv bir necha soat davom etgan. 

Dekabr boshida Burkina-Faso hukumati jangarilardan himoyalanish va xavfsizlik uchun xarajatlarni oshirishga va'da bergan. Ma'lum qilinishicha, bu maqsadda 2020 yilga mo‘ljallangan 3,8 mlrd dollarlik budjetning 13 foizi yo‘naltiriladi. 

Mamlakat G‘arbiy Afrikada joylashgan bo‘lib, aholisi 16 mln kishini tashkil qiladi. 

Mavzuga oid