«1917», «Chernobil» va boshqalar: «Oltin globus» mukofoti g‘oliblari aniqlandi
6 yanvarga o‘tar kechasi Kaliforniyadagi Beverli-Hillz shaharchasida «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mukofotning tvitterdagi sahifasida xabar qilinishicha, britaniyalik rejissyor Sem Mendesning «1917» nomli filmi o‘tgan yilning eng yaxshi dramatik filmi deya e'tirof etildi. «1917» filmi Birinchi jahon urushi vaqtida o‘limga olib boradigan topshiriq olgan ikki askar taqdiri haqida hikoya qiladi.
Ushbu nominatsiya bo‘yicha g‘oliblik uchun Noy Baumbaxning «Nikoh tarixi», Fernando Ferreyra Meyrellesning «Ikki papa», Todd Fillipsning «Joker» va Martin Skorsezening «Irlandiyalik» filmlari ham da'vogarlik qilgandi.
Sem Mendesning o‘zi esa «Eng yaxshi rejissyor» sifatida tengsiz deya topilgan.
Congratulations to Sam Mendes - Best Director - Motion Picture - 1917 (@1917). - #GoldenGlobes pic.twitter.com/cpigklE3Ee
— Golden Globe Awards (@goldenglobes) January 6, 2020
O‘tgan yilda katta mashhurlikka erishgan «Chernobil» teleseriali «Eng yaxshi teleserial va telefilm» nominatsiyasida birinchi bo‘ldi.
Rejissyor Yohann Renkning «Chernobil» serialida 1986 yili Chernobil AESda ro‘y bergan avariya voqealari tasvirlangan. Filmda bosh rollarni Emili Uotson, Stellan Skarsgard va Jared Harris ijro etishgan.
Congratulations to Chernobyl - Best Television Limited Series or Motion Picture Made for Television. - #GoldenGlobes pic.twitter.com/wUy5JVsSy2
— Golden Globe Awards (@goldenglobes) January 6, 2020
Bu yo‘nalishda rejissyor Tomas Kailning «Fossi/Verdon» (Sem Rokuell va Mishel Uilyams bosh rollarni ijro etgan), rejissyor Liza Xolodenkoning «Hayratlanarli» (Unbelievable), rejissyor Jorj Klunining «Hiyla-22» (Catch-22) hamda rejissyor Kari Skoglandning «Eng baland ovoz» (The Loudest Voice) mini-seriallari ham birinchilikka da'vo qilgandi.
Stellan Skarsgord ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Congratulations to Stellan Skarsgård - Best Performance by an Actor in a Supporting Role in a Series, Limited Series or Motion Picture Made for Television - Chernobyl. - #GoldenGlobes pic.twitter.com/LjcHtUm4sD
— Golden Globe Awards (@goldenglobes) January 6, 2020
Rejissyor Kventin Tarantinoning «Bir kuni... Hollivudda» (Once Upon a Time ...in Hollywood) filmi «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» nominatsiyasi bo‘yicha «Oltin globus»ni qo‘lga kiritdi.
Kartinadagi voqealar 1969 yilda Los-Anjyelesda Charlz Menson bandasi bilan bog‘liq voqealar fonida bo‘lib o‘tadi. Asosiy qahramonlar - vestern janridagi filmlar aktyori Rik Dalton (Leonardo Di Kaprio) va uning dublyori Kliff But (Bred Pitt). Film birinchi marta Kann kinofestivalida taqdim etilgandi.
Congratulations to Once Upon a Time ... in Hollywood (@OnceInHollywood) - Best Motion Picture - Musical or Comedy. - #GoldenGlobes pic.twitter.com/HhAqooQuYS
— Golden Globe Awards (@goldenglobes) January 6, 2020
Tarantinoning filmidan tashqari bu nominatsiya g‘olibligi uchun rejissyor Kreyg Bryuerning «Mening ismim Dolemayt» (Dolemite Is My Name), rejissyor Tayk Vaytitining «Quyon Jojo» (Jojo Rabbit), rejissyor Rayan Jonsonning «Pichoqlarni oling» (Knives Out) hamda rejissyor Dekster Fletcherning «Roketmen» (Rocketman) filmlari kurashgandi.
Xoakin Feniks «Joker» filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktyor sifatida «Oltin globus» bilan taqdirlandi.
Bu mukofotga undan tashqari Kristian Beyl («Ford Ferrariga qarshi»/Ford v Ferrari), Antonio Banderas («Azob va sharaf»/Dolor y gloria), Adam Drayver («Nikoh tarixi»/Marriage Story) va Jonatan Prays («Ikki papa»/The Two Popes) da'vogar bo‘lgandi.
Rene Zellveger esa rejissyor Rupert Guldaning «Judi» (Judy) filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotiga ega chiqdi.
Congratulations to Renée Zellweger - Best Performance by an Actress in a Motion Picture - Drama - Judy (@JudyTheFilm). - #GoldenGlobes pic.twitter.com/N1wdbmDmqg
— Golden Globe Awards (@goldenglobes) January 6, 2020
Zellvegerdan tashqari bu nominatsiya bo‘yicha «Oltin globus»ga Skarlett Yoxansson («Nikoh tarixi»/Marriage Story), Sharliz Teron («Mojaro»/Bombshell), Sintiya Erivo («Garriyet»/Harriet) va Sirsha Ronan («Kichik ayollar/Little Women) da'vogarlik qilishgandi.
Kino bo‘yicha laureatlar
- Eng yaxshi film (drama) — («1917»);
- Eng yaxshi film (komediya yoki myuzikl) — («Bir kuni...Hollivudda»/Once Upon a Time ...in Hollywood);
- Eng yaxshi rejissyor — Sem Mendes («1917»);
- Dramatik filmda eng yaxshi aktrisa— Rene Zellveger («Judi»/Judy);
- Dramatik filmda eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks («Joker»/Joker);
- Komediya yoki myuziklda eng yaxshi aktrisa — Akvafina («Vidolashuv»/The Farewell);
- Komediya yoki myuziklda eng yaxshi aktyor – Teron Ejyerton («Roketmen»/Rocketman);
- Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Lora Dern («Nikoh tarixi»//Marriage Story);
- Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Bred Pitt («Bir kuni...Hollivudda»/Once Upon a Time ...in Hollywood);
- Eng yaxshi ssenariy — Kventin Tarantino («Bir kuni...Hollivudda»/Once Upon a Time ...in Hollywood);
- Eng yaxshi xorij filmi — («Parazitlar»/Parasite);
- Eng yaxshi animatsion film — («Yo‘qolgan halqa»/Missing Link);
- Filmdagi eng yaxshi musiqa — Xildur Gudnadottir («Joker»/Joker);
- Eng yaxshi original qo‘shiq — I'm Gonna Love Me Again («Roketmen»/Rocketman).
Televideniye sohasidagi laureatlar
- Eng yaxshi serial (drama) — («Vorislar»/The heirs);
- Eng yaxshi serial (komediya) — («Fleabag»);
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Oliviya Kolman («Toj»/The Crown);
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor — Brayan Koks («Vorislar»/The heirs);
- Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Fibi Uoller-Brij («Fleabag»);
- Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor — Rami Yussef («Rami»/Ramy);
- Eng yaxshi telefilm yoki mini-serial — («Chernobil»/Chernobyl);
- Telefilm yoki mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa — Mishel Uilyams («Fossi/Verdon»/Fosse/Verdon);
- Telefilm yoki mini-serialdagi eng yaxshi aktyor — Rassel Krou («Eng baland ovoz»/The Loudest Voice);
- Telefilm yoki mini-serialda ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Patrisha Arkett («Mug‘ombirlik»/The Act);
- Telefilm yoki mini-serialda ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Stellan Skarsgard («Chernobil»/Chernobyl).
Faoliyatidagi yutuqlari uchun Sesil Blaunt DeMill nomidagi «Oltin globus» — Tom Henks.
Nominantlar dekabr oyida e'lon qilingan bo‘lib, unda «Nikoh hikoyasi» filmi 6ta nominatsiyaga kiritilgan edi. Noa Baumbaxning tragikomediyasi yakunda faqat bitta yo‘nalishda («Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa») sovrin sohibi bo‘ldi. «Irlandiyalik» va «Ikki Papa» kartinalari esa mos ravishda 5 va 4tadan yo‘nalishda nominantlar qatoriga kiritilgan bo‘lsa-da, ulardan hech birida e'tirof etilgani yo‘q.
Eng ko‘p mukofot olgan film – «Gollivudda kunlardan bir kun» bo‘ldi. Beshta yo‘nalishda g‘oliblikka da'vogarlar sirasiga kirgan komedik drama ulardan uchtasida eng yaxshi deb topildi.
«Joker», «1917» va «Roketmen» kartinalari esa o‘z ijodkorlariga ikkitadan nominatsiyada g‘oliblik keltirdi.
Ma'lumot uchun, «Oltin globus» mukofoti bu yil 77-marta topshirildi. Uni fevral oyida topshiriladigan «Oskar» mukofotining repititsiyasi deb ham atashadi. Yanvarda g‘olib chiqqan nomzodlarning aksari fevraldagi marosimda ham taqdirlanishadi.
Mavzuga oid
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
13:24 / 08.01.2024
«Oppengeymer» filmi «Oltin globus» bosh mukofotini qo‘lga kiritdi
14:41 / 26.04.2023
Zelenskiy Chernobil avariyasi 37 yilligi munosabati bilan AES bo‘yicha shantajga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
19:45 / 12.01.2023