Jamiyat | 10:59 / 06.01.2020
15811
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda «Mersedes-Bens» ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yil 4 yanvar kuni soat 08:10larda, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hududida, haydovchi, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.S. “Mersedes-Bens” rusumli avtomobilida rul boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi temir simyog‘ochga urilgan. 

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada yo‘lovchilar, Marg‘ilon shahrida yashagan, 1975 yilda tug‘ilgan A.M. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan va Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan T.M. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining transport vositasini boshqarish vaqtida uxlab qolishi, buning natijasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir simyog‘ochga urilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

“Hurmatli haydovchilar, transport vositasini kuchli toliqish holatida boshqarish haydovchi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligini unutmang. Transport vositasini boshqarish vaqtida toliqishni sezdingizmi uni tezda to‘xtating, avtomobildan tushib biroz toza havodan nafas oling. Biroz dam olgach harakatlanishda davom ettiring”, - deyiladi YHXBB ma'lumotida.

Mavzuga oid