Jamiyat | 10:10 / 06.01.2020
7224
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yil 4 yanvar kuni soat 21:10larda, Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o‘tgan M-39 “Olmaota-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1071-km.da YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabariga ko‘ra, haydovchi, Toyloq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.N. “ZIL-130” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan, piyoda Bulung‘ur tumanida yashagan, 1959 yilda tug‘ilgan Q.B.ni urib yuborgan. 

Xabarda aytilishicha, ro‘y bergan hodisa natijasida piyoda Q.B. voqea joyida halok bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi piyodaning yo‘lni piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joydan mast holda kesib o‘tishi oqibatida sodir etilgan.

Mavzuga oid