Jahon | 20:20 / 08.01.2020
5138
1 daqiqa o‘qiladi

Pedro Sanches rasman Ispaniya bosh vaziri lavozimini bajarishga kirishdi

Foto: Reuters

Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi bosh kotibi Pedro Sanches 8 yanvarda qasamyod keltirib, Ispaniya bosh vaziri lavozimini bajarishga kirishdi. 

Qasamyod marosimida Ispaniya qiroli Filipp VI ishtirok etgan.

Ta'kidlanishicha, Sanches mamlakatning yangi tarixidagi, ya'ni Fransisko Franko diktaturasi yakunlagan 1975 yildan beri ilk koalitsion hukumatning rahbari bo‘ldi.

7 yanvarda Ispaniya parlamenti deputatlari bosh vazir lavozimiga Pedro Sanchesning nomzodini qo‘llab-quvvatlashgan. Sanches nomzodiga 167 deputat ovoz bergan, 165 deputat qarshi chiqqan, 18 deputat betaraflik bildirgan. 

Ispaniyada bir yil ichida ikki marta parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, hukumat esa 2019 yil bahoridan beri muvaqqat hukumat maqomida ishlab kelgan.

Mavzuga oid