Putin va Erdo‘g‘an Sulaymoniyning o‘ldirilishi bo‘yicha fikr bildirishdi
Rossiya va Turkiya AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishidan hamda uning Iroq uchun salbiy oqibatlaridan xavotirda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonotida ma'lum qilindi.
«Biz AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishidan hamda uning Iroq uchun salbiy oqibatlaridan qattiq xavotirdamiz. Biz AQShning 2020 yil 3 yanvarda Bag‘dodda Eron Islom inqilobi muhofizlari «Al-Quds» korpusi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy va uning atrofidagi shaxslarga qarshi o‘tkazgan operatsiyasini mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni izdan chiqaruvchi harakat deb baholaymiz», - deyiladi bayonotda.
Eronning 8 yanvar kuni Iroqdagi harbiy bazalarga ballistik raketalar orqali zarba berishini izohlar ekan, Rossiya va Turkiya prezidentlari «zarbalar almashish va kuch ishlatish Yaqin Sharqdagi murakkab muammolarga yechim emasligini va hech kimning manfaatiga javob bermaydigan yangi beqarorlikka olib kelishi»ni ta'kidladi.
8 yanvarga o‘tar kechasi Iroq g‘arbidagi AQSh askarlari joylashgan Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024