Sony o‘zining ilk elektromobilini taqdim qildi
Yaponiyaning Sony kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan Consumer Electronic Show 2020 ko‘rgazmasida o‘zining ilk elektrokari Vission-S’ning konseptini taqdim qildi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Elektromobil 33 ta turli tashqi va ichki datchiklar, bir nechta keng ekranli displeylar va 360 Reality Audio audiotizimi bilan jihozlangan.
Bu loyihada Sony’dan tashqari, BlackBerry, Bosch, Nvidia, Qualcomm va boshqa texnologik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Elektromobil uchun asosni avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi Magna kompaniyasi ishlab chiqqan.
Avtomobil har biri 268 ot kuchiga ega ikkita dvigatel bilan jihozlangan va 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erisha oladi. Mashinaning maksimal tezligi 240 km/soatni tashkil qiladi. Ayni vaqtda yapon kompaniyasi elektrokarni qachon seriyali tarzda ishlab chiqarishi noma'lum.
Mavzuga oid
12:54 / 23.12.2024
Toza havo va salomatlik uchun – Kaliforniya shtati 2035 yildan faqat elektromobillar sotuviga ruxsat beradi
22:24 / 10.09.2024
Sony kompaniyasi PlayStation 5 Pro konsolini taqdim qildi
23:38 / 10.10.2023
Sony yangi PlayStation 5 ni taqdim etdi
12:19 / 02.07.2023