Jahon | 20:44 / 09.01.2020
15448
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shahzoda Harri va Megan Yelizaveta II’ni ranjitdi

Daniel Leal-Olivas / pool / AFP / Scanpix / LETA

Buyuk Britaniya shahzodasi shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik xonadonining yuqori martabali a'zolari maqomi va u bilan bog‘liq imtiyozlardan voz kechishini e'lon qilishi Britaniya jamoatchiligida keng muhokama qilinmoqda.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, qirolicha Yelizaveta II ularning ogohlantirmasdan bunday qarorga kelganidan «qayg‘uga tushgan va ranjigan». The Daily Mail esa qirolicha hatto «g‘azablangani» haqida yozmoqda.

Qirolicha matbuot xizmati hozircha 8 yanvar oqshomida berilgan qisqacha bayonot bilan cheklandi. «Biz ularning boshqa yondashuv istagini tushunamiz, ammo bu vaqt talab qiladigan murakkab masaladir», — deyiladi Yelizaveta II nomidan aytilgan bayonotda.

Mavzuga oid