AQSh va Eron maxfiy muzokaralar o‘tkazgan - WSJ
Tomonlar Shveytsariyaning Tehrondagi elchixonasi xodimlari orqali maxfiy xabarlar almashmoqda.
So‘nggi kunlarda AQSh va Eron Tehrondagi Shveytsariya elchixonasi orqali maxfiy muzokaralar olib borgan. Wall Street Journal’ning amerikalik yuqori martabali mulozimlarga tayangan holda xabar qilishicha, ularning ohangi siyosatchilarning jamoatchilikka bayonotlaridan ko‘ra ancha bosiqroq bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, eronliklar Bag‘dod xalqaro aeroportida general Qosim Sulaymoniy o‘ldirganidan bir necha soat o‘tgach, birinchi xabarni olishgan. Unda Donald Tramp ma'muriyati Eron hukumatidan mojaroni yanada avj oldirmaslik to‘g‘risida qat'iy so‘ragan. Keyinchalik, eronliklarning o‘zi Shveytsariya elchixonasidagi aloqa kanalidan foydalanib, Oq uyga o‘z pozitsiyalarini tushuntirishdi.
Eron rasmiylaridan biri WSJ’ga AQSh bilan aloqa kanali mavjudligini tasdiqladi. «Cho‘lda hatto bir tomchi suv ham juda muhim», - deya ma'lum qilgan u.
Shveytsariyalik diplomatlarning tushuntirishicha, xabarlar elchixonada faqat bir necha kishi foydalanishi mumkin bo‘lgan qurilmaga faks shaklida yuboriladi. Keyinchalik diplomatik kanallar orqali shveysariyaliklar olingan xabarlarni manfaatdor tomonlarga uzatadi.
«Al Quds» nufuzli bo‘linmasiga rahbarlik qilgan general Sulaymoniyning o‘ldirilishi AQSh prezidentining buyrug‘i bilan amalga oshirildi. Bir necha kundan so‘ng, eronliklar amerikalik harbiylar foydalangan Iroqdagi harbiy bazaga o‘ch olish maqsadida raketa zarbalari berishdi.