Sport | 18:37 / 11.01.2020
23062
2 daqiqa o‘qiladi

Jyerrard jamoasi «Lokomotiv» (Toshkent) darvozasiga 6ta gol urdi

BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bugun, 11 yanvar kuni Dubayda Stiven Jyerrard boshqaruvidagi «Glazgo Reyndjers» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Shotlandiya klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini Andrey Fyodorov jamoasi uchun yig‘in doirasidagi dastlabki bahs bo‘ldi. Shunga qaramay, Dubaydagi o‘yinda Yevropa klubi O‘zbekiston jamoasidan bir kalla baland ekanligini amalda ko‘rsatdi. 

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Jyermeyn Defo hisobni ochib bergan o‘yinda shotlandiyalik futbolchilar «Lokomotiv» jamoasi darvozasini 6 marotiba nishonga olishdi. «Temiryo‘lchilar»ning yagona goliga zaxiradan maydonga tushgan Abdul Aziz Yusupov mualliflik qildi – 1:6.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi. 
11 yanvar. BAA, Dubay.
«Lokomotiv» (O‘zbekiston) – «Glazgo Reyndjers» - 1:6
Gollar: Jyermeyn Defo (10), Ojo (27), Steven Deyvis (49), Jyeyms Taverniyer (70), Greg Styuard (79 pen., 90) - Abdul Aziz Yusupov (77)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov (Javohir Ilyosov, 46), Davron Hoshimov, Kavroshi, Oleg Zoteyev, Ibrohimov, Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov (Kamron Saidazimov, 70), Diyor Turopov (Davron Umirov, 55), Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev (Asadbek Ergashev, 71), Kiril Pogrebnyak (Abdul Aziz Yusupov, 60)
«Glazgo Reyndjers»: Foderinghem, Edmunson, Patterson, Katich, Barisich, Jyek, Erfild, Aribo, Ojo, Barker, Defo.

Mavzuga oid