Jamiyat | 22:33 / 15.01.2020
11915
2 daqiqa o‘qiladi

Nuriddin Xoliqnazarov: «Musulmon bor joyda chiqindi bo‘lishi – katta gunoh»

«Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan Toshkent shahri bosh imom xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov tozalik, poklikka amal qilish musulmon kishi hayotining asoslaridan ekanini ta'kidladi.  

«Mo‘minning hayotida poklik birinchi o‘rinda. Bu haqda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam poklik iymonning yarmi, deganlar. Barcha fiqh haqidagi kitoblarni ko‘radigan bo‘lsak ham birinchi tahoratdan boshlanadi, negaki din poklik ustiga quriladi.

Mo‘min-musulmon banda yashayotgan joyda chiqindi bo‘lishi katta gunoh. Payg‘ambarimiz alayhissalom iymon yetmish uchta (boshqa rivoyatlarda yetmish nechta ham) sho‘'badan iborat. Shulardan biri ko‘chadan odamlarga aziyat beradigan narsalarni olish. Demak, bu iymonimiz belgilaridan biri.

Musulmon odam shunday bo‘lishi kerakki, hech kim undan jirkanmasin. E'tiboringizni bitta misolga qarataman, ma'lumki, sarimsoq islomda harom qilinmagan. Foydali va manfaatli mahsulot. Lekin nega uni yegan odam masjidga kirmasin deyilgan, chunki uning hididan musulmonlar ham, farishtalar ham ozor topadi», dedi Toshkent shahri bosh imom xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov.

Mavzuga oid