Jahon | 01:08 / 18.01.2020
6157
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa Tehronga parvozlarni mart oxirigacha to‘xtatib turishga qaror qildi

Foto: Flickr

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan Tehronga va u yerdan parvozlarni 28 martgacha to‘xtatib turishga qaror qildi.    

Avvalroq kompaniya parvozlar 20 yanvargacha to‘xtatilishini ma'lum qilgandi. Shuningdek, kompaniya Eron ustidan parvozlar ham bajarmaydi. 

Xalqaro aviakompaniyalar 8 yanvarda Tehronda Ukraina aviakompaniyasining Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti urib tushirilgandan keyin Eronga parvozlarga cheklov kirita boshlagandi. Fojia oqibatida 176 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid