Jahon | 14:45 / 21.01.2020
15312
1 daqiqa o‘qiladi

Qirollik unvonidan voz kechgan shahzoda Harri Buyuk Britaniyani tark etdi

Foto: AR/TASS

Britaniya shahzodasi Harri Kanadaga - turmush o‘rtog‘i Megan Markl va o‘g‘li Archining yoniga keldi, deb xabar berdi Sky News telekanali.

Telekanal e'lon qilgan videoyozuvda Harrining Vankuver orolidagi aeroportda samolyot trapidan tushayotgani va avtomobilga o‘tirayotgani tasvirlangan. Shahzoda Harri oilasi bilan Kanadada yashashi kutilmoqda.

Avvalroq Bukingem saroyi shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan endi qirollik unvonlaridan foydalanmasligini va bundan keyin davlat mablag‘larini olmasligini e'lon qilgandi. 

Bu shuni anglatadiki, 2020 yil bahoridan boshlab ular endi «zoti oliylari» deb nomlanmaydi. Ammo ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bo‘lib qoladi, shahzoda Harri tug‘ilishida meros qolgan unvonini saqlab qoladi. 

Harri va Megan shuningdek, Vindzordagi uyni ta'mirlash uchun Buyuk Britaniya budjetidan sarflangan 2,4 million funtni qaytarib beradi.

Mavzuga oid