O‘zbekiston | 20:57 / 31.01.2020
9100
2 daqiqa o‘qiladi

Iste'molchilar huquqlari eng ko‘p buzilayotgan sohalar ma'lum qilindi

Elmurod Hayitmetov / Foto: AOKA

Bugun, 31 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va mazkur qo‘mita huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurod Hayitmetovning ma'lumot berishicha, agentlikka o‘tgan 135 kun davomida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida 1300dan ortiq murojaat kelib tushgan va ularni o‘rganish asosida 312 million so‘mdan ortiq mablag‘ iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.

«Ayni paytda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmini yaxshilash va reklama bozorini tartibga solish maqsadida xalqaro tashkilotlar, vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda», – deya qo‘shimcha qildi agentlik direktori.

Mavzuga oid