Qozog‘istondagi tartibsizliklarga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi
Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanidagi tartibsizliklarga 5 fevralda yo‘lda yuz bergan mojaro sabab bo‘lgan. Bu haqda jurnalistlarga Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Kalaychidi ma'lum qildi.
Kalaychidining ta'kidlashicha, mojaroga bir avtomobilning ikkinchi avtomobilga yo‘l bermagani olib kelgan.
«Uch kishi mashinada yo‘ldan to‘g‘ri ketayotganda, ichida uch kishi bo‘lgan katta yuk mashinasi uydan yo‘lga chiqayotgan bo‘lgan. Mojaroga yo‘l bermaslik sabab bo‘lgan. Natijada bunday hollarda odatda yuz beradigandek, ish dahanaki jangdan mushtumzo‘rlikka aylanib ketgan», deb ma'lum qilgan u.
Vazir o‘rinbosari mojarodan keyin ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tartibsizlikka chaqiriqlar vaziyatning keskinlashishiga olib kelganini ta'kidlagan.
«Odamlar o‘z izohlari oqibatlarini o‘ylamay, ularni jo‘natishgan. Natijada yoshlarning bir qismi bunday chaqiriqlarga ishongan. Biz boshqa hududlarda ham bu ig‘vogarlarni topdik», deb aytgan vazir o‘rinbosari.
Uning ta'kidlashicha, ig‘vogarlar orasida yoshi kattalar ham bo‘lgan.
Kalaychidi tartibsizliklardan keyin Korday tumanida mahalliy ko‘lamda kiritilgan favqulodda holat hozircha yetarli ekanini qo‘shimcha qilgan.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Berdibek Saparbayev tartibsizliklar yuz bergan Korday tumaniga tashrifi vaqtida tartibsizliklar tufayli fuqarolar mulkiga yetkazilgan moddiy zarar qonunchilikka ko‘ra qoplab berilishini ma'lum qilgan.
Saparbayev tartibsizliklar vaqtida zarar yetkazilgan ijtimoiy va tijorat obektlari, turar joylarni ko‘zdan kechirib chiqqan. «Davlat rahbari jabr ko‘rgan oilalarga barcha zarur yordamni ko‘rsatish vazifasini topshirdi. Hozirda mutaxassislar zararni baholashmoqda», degan u.
U, shuningdek, mojaro vaqtida halok bo‘lganlarning xonadonlariga tashrif buyurib, prezident va hukumat nomidan ularga hamdardlik bildirgan.
O‘z navbatida, halok bo‘lganlar yaqinlari va mahalliy aholi aybdorlarni topishni so‘ragan. Ularning ta'kidlashicha, tartibsizliklar atayin sodir etilgan.
7 fevral kuni kechqurun Korday tumanidagi Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va do‘ngonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. Mojaroga mahalliy do‘ngonlar qozog‘istonlik qariyani kaltaklashi sabab bo‘lgani aytilgan.
Qozog‘istondagi mojaro qurbonlari soni ortdi
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida 10 kishi halok bo‘lgan, 130 dan ko‘proq odam jarohatlangan.
Mavzuga oid
16:55
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
23:10 / 23.12.2024