Jahon | 21:07 / 20.02.2020
30956
2 daqiqa o‘qiladi

Eng qirg‘inbarot suv osti kemalari ma'lum qilindi 

AQShning The National Interest nashri insoniyatga qirg‘in keltirishi mumkin bo‘lgan 5 ta suv osti kemasidan iborat ro‘yxatni taqdim qildi.   

Foto : Business Insider

AQSh nashri tuzgan ro‘yxatga Rossiyaning 955A “Borey-A” loyihasiga kiruvchi va “ballistik raketalarga ega eng shovqinsiz suv osti kemalari” bo‘lgan 3 ta hamda 667BDRM “Delfin” loyihasi va 885M “Yasen” loyihasiga kiruvchi suv osti kemalari kiritilgan. Bu kemalar mos ravishda R-30 “Bulava”, R-29RMU2 “Sineva” ballistik raketalari va “Kalibr” majmuasining ZM-14 qanotli raketalari bilan qurollangan.
 
Mutaxassislarning fikricha, Rossiyaning K-560 “Severodvinsk” yoki K-561 “Kazan” suv osti kemalari o‘z jangovar qudrati evaziga AQShning sharqiy sohilidan 2 ming km uzoqlikdan turib AQShdagi Buyuk ko‘llarga zarba bera oladi.

Shuningdek, ro‘yxatga AQShning “Ogayo” (Ohio) suv osti kemasi kiritilgan. Ta'kidlanishicha, bu kema “Traydent” tizimi ballistik raketalari yordamida “shahar o‘lchamidek keladigan 288 ta nishonni yarim soat ichida kulga aylantirishi mumkin”. Bunday kemadan 9 tasi Tinch okeanida, yana 5 tasi Atlantika okeanida joylashtirilgan.    

Ro‘yxatga kiritilgan yana bir suv osti kemasi “Kolambiya” (Columbia) esa joriy yildagina taqdim qilinishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid