Senat raisi nofaol senatorlarga ogohlantirish bilan chiqdi
Senat raisi Tanzila Norboyeva jarayonlarga nofaol yondashayotgan senatorlarga ogohlantirish bilan chiqdi.
“Har bir qonun hujjati mahalliy kengashlar darajasida, xalq o‘rtasida keng muhokama qilinmoqda. Bu jarayonda ayrim senatorlar juda ham faol ishtirok etdi. Lekin juda ham passiv, “menga tegmasa bo‘ldi”, qabilida ish tutgan senatorlar ham bo‘ldi. Ular saylanganining birinchi oylaridanoq shunday ish boshladi.
Shuning uchun men ularga ogohlantirish bilan chiqmoqchiman. Yangi tarkibdagi Senat endi o‘z ishini boshladi. Lekin 3-4 oydan keyin har bir yalpi majlisda qo‘mitalarning hisobotini berib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda faqatgina qo‘mita raisi va uning o‘rinbosari emas, balki har bir a'zosi o‘zi qilgan ish bo‘yicha hisobot beradi”, deydi Norboyeva.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, har bir tuman va shahar kengashi deputatlari va senatorlar maxsus o‘quvlardan o‘tkaziladi.
“Deputat va senatorlarning salohiyatini oshirish maqsadida maxsus o‘quvlar tashkil etiladi. Bu davlat rahbari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi”, deya qo‘shimcha qildi Senat raisi.
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024