Jahon | 16:03 / 02.03.2020
13289
2 daqiqa o‘qiladi

Londonda rossiyalik milliarder Tinkovni ushlashga order berildi

Tinkov 2018 yilda AQSh moliya vazirligining «Kreml dokladi» - Vladimir Putinga yaqin shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: Donat SorokinTASS via Getty Images

Londonda AQSh ichki daromadlar xizmati (IRS) tomonidan sud eshituvlari boshlanganidan so‘ng Tinkoff Bank asoschisi Oleg Tinkovni ushlashga order berildi. Bu haqda TCS Group Holding (TCSGH) guruhi 

Daily Express gazetasining xabar berishicha, Tinkov 20 mln funt sterling miqdorida garov puli to‘lagan.

AQSh ichki daromadlar xizmati Tinkovga nisbatan da'vo qo‘zg‘agani haqida 28 fevralda ma'lum bo‘lgandi.

TCS Group Holding da'vo «soliq masalalari»ga oid ekanligini xabar qildi, keyinroq gap IRS Tinkovni soliq to‘lovlarini kamaytirib ko‘rsatishda ayblayotgani haqida ekanligini bildirdi. Biznesmen 2013 yilgi daromadlari to‘g‘risidagi soliq deklaratsiyasida noto‘g‘ri ma'lumotlarni ko‘rsatgan, deb yozadi Daily Express.

Sud eshituvlari davomida Tinkov Londonni tark eta olmaydi. Bundan tashqari, u 19:00dan 7:00gacha Londondagi uyida bo‘lishi va haftada uch marta politsiya mahkamasiga uchrashi kerak bo‘ladi.

Tinkov 2018 yilda AQSh moliya vazirligining «Kreml dokladi» — Vladimir Putinga yaqin shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.

Uning boyligi 2 mlrd 200 mln dollar deb baholanadi.

Mavzuga oid