O‘zbekiston | 08:50 / 04.03.2020
31050
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiy prokurorga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston harbiy prokuroriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurorining ikki nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda Harbiy prokuratura xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, adliya polkovnigi Bahodir Karimberdiyevich Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2020 yil 3 mart kunidagi 223-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Xudoyberdiyev

Shuningdek, adliya mayori Sarvar Sattorovich Muhitdinov O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2020 yil 3 mart kunidagi 225-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sarvar Muhitdinov

Avvalroq, general-mayor Shuhrat Uzoqov bosh prokuror o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori etib tayinlangani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid