Jamiyat | 12:17 / 11.03.2020
13088
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p miqdorda bug‘doy mahsulotlarini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyatida 35 078 400 so‘mlik 19 tonna 500 kg bug‘doy mahsulotini o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Getty Images

2020 yilning 4 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, MChJ rahbari, 38 yoshli A.B. Yangiyer shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U 23 fevraldan 4 mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar yuk vagonidan MChJga tegishli umumiy qiymati 35 078 400 so‘mlik 19 tonna 500 kg bug‘doy mahsulotini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 60 yoshli I.J., 43 yoshli V.E. va X.D. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

G‘arazli maqsadlarni ko‘zlaganlar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlanganlar. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid