O‘zbekistonda barcha diniy marosimlarni vaqtincha cheklash tavsiya etildi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi mamlakatdagi diniy idoralarga diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha murojaat bilan chiqqan.
O‘zbekiston bosh vazir Abdulla Aripov barcha diniy tashkilotlarga diniy yig‘inlarni vaqtincha o‘tkazmaslik bo‘yicha iltimos bilan murojaat etilganini ma'lum qildi.
«Yana bitta masala bor, iltimos qilmoqchimiz, tavsiya qilmoqchimiz. Diniy idoralar tomonidan ham turli diniy marosimlarni cheklash masalasi ko‘rib chiqilishini iltimos qilmoqchimiz.
Faqat musulmonlar idorasidan emas, yoki faqat xristianlar idorasidan emas, barcha diniy konfessiyalardan iltimos qilmoqchimiz.
Yevropadagi barcha mamlakatlarda, Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida diniy marosimlarni cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilinyapti.
Biz bunday qaror qabul qilmaymiz. Shunday tavsiyamiz bilan murojaat qilib chiqdik, ko‘rib chiqiladi degan niyatdamiz.
Chunki bu ularning ham zimmasiga tushgan sinov», degan bosh vazir.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yaqin vaqtlar ichida bu masala bo‘yicha qaror qabul qilinib, jamoatchilikka e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
08:11 / 19.12.2024
Abdulla Aripov Odilbek Qosimaliyevni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlangani bilan tabrikladi
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
16:00 / 23.11.2024