Sport | 23:08 / 21.03.2020
8186
1 daqiqa o‘qiladi
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati bekor qilindi
Musobaqa 8-24 may kunlari Shveytsariyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.
Shveytsariyaning Tsyurix va Lozanna shaharlarida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilindi. Bu haqda Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa 8-24 may kunlari o‘tkazilishi kerak edi.
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati 1920 yildan buyon o‘tkazib kelinadi, Finlyandiya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Avvalroq UYeFA 2020 yilgi Yevropa chempionatini 2021 yilda o‘tkazishga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi
18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi
22:47 / 30.04.2024
O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi
13:30 / 19.03.2023