O‘zini «Milliy gvardiya mayori» deb tanishtirgan ayol qo‘lga olindi
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 168-moddasi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘p uchramoqda, deb yozadi Milliy gvardiya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, joriy yilda fuqarolar tomonidan Milliy gvardiyaga kelib tushgan murojaatlarning birida G. o‘zini «mayor» unvonidagi «Milliy gvardiya xodimi» deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib, 15 800 000 so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini undirayotganligi ma'lum qilingan.
Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida G. qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBBga topshirilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.S. ekanligi ma'lum bo‘lgan.
Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro G.S.ga nisbatan JKning 168-moddasi («Firibgarlik») va 211-moddasi («Pora berish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
17:05 / 14.08.2024