Jahon | 22:30 / 31.03.2020
6106
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyalik chang‘ichilar 37 yillik jahon rekordini yangilashdi

Norvegiyalik Joar Tele va aka-uka Anders va Yorgen Okland chang‘ilarda eng uzun masofani bosib o‘tish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishdi.

Foto: newsmobile

Ular 516 kmlik masofani 31 soatda o‘tishgan.

Avvalgi rekord 500 kmni tashkil qilgan va u ham norvegiyalik chang‘ichi Born Lokkenga tegishli bo‘lgan. U 1983 yilda bu masofani 48 soatda o‘tgan.

Yangi rekordni o‘rnatgan sportchilarda chang‘ilarni moylash uchun qurilma va oziq-ovqat zaxiralarini olib yurgan ikki yordamchi bo‘lgan.

“Chopishdan maqsad chang‘ilarda iloji boricha ko‘proq qolish bo‘lgan. Biz katta tajriba orttirdik. Sening tanang imkonsizlik chegarasini surib, harakatlanishda davom etishini kuzatish maroqli bo‘ldi”, deb yozgan Instagram‘da rekordchilardan biri Joar Tele.

O‘tgan hafta 27 yoshli norvegiyalik Erik Asdol 24 soat ichida chang‘ida eng uzun masofani bosib o‘tish bo‘yicha rekordni yangilashga urinib ko‘rgan. Biroq uning urinishi 18 soat 50 daqiqada 376 kmlik masofani bosib o‘tgandan keyin nafas olishdagi muammo sababli to‘xtagan.

Mavzuga oid