Jamiyat | 17:00 / 06.04.2020
5510
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Oriyent Finans» bank AsiaMoney tomonidan taqdirlandi

Foto: «Oriyent Finans» bank

Jahonga mashhur AsiaMoney jurnalining Best Bank Awards 2020 mukofoti doirasida «Oriyent Finans» bank «Korporativ va ijtimoiy mas'uliyat yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi bank» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

«Bank uchun korporativ va ijtimoiy mas'uliyat – aksiyadorlar, xodimlar va bankning manfaatlarini inobatga olgan holda biznes yuritishning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi» – deb ta'kidlab o‘tdi bankning Boshqaruvi Raisi Bobur Parpiyev.

Nashriyotning ta'kidlashicha, «Oriyent Finans» bankning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati tahsinga loyiqdir: «Aksariyat banklar uchun korporativ va ijtimoiy mas'uliyat marketing instrumenti bo‘lib xizmat qilsa, «Oriyent Finans» bank bunga tub ma'noda bank faoliyatini ijobiy tarafga o‘zgartirish yo‘li sifatida qaraydi».

Maqolani batafsil ushbu havola orqali o‘qib chiqishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid