O‘zbekiston | 18:11 / 13.04.2020
18810
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatida yangi hokimlik tashkil qilindi

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal'a tumani hokimligi tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal'a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Bu qarorda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Tuproqqal'a tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati hamda ushbu tumanni tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasi tumanni tashkil etish bilan bog‘liq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqishi, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta'minlashi ko‘rsatib o‘tildi.

Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, shuningdek davlat xizmatlari markazi ham tashkil etiladigan bo‘ldi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar tuman markazining 2035 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqilishi belgilandi. Shuningdek, tumanning butun hududi uchun «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasidagi imtiyoz va preferensiyalar amal qilishi belgilandi.

Mavzuga oid