Jamiyat | 07:19 / 16.04.2020
20559
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda tug‘ilgan chaqaloq o‘z uyiga noodatiy tarzda kuzatildi

Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi To‘layevlar oilasi yaqinda farzandli bo‘lib, 15 aprel kuni tug‘ruqxonadan ona va tug‘ilgan farzandini uyga olib ketish uchun javob berilgandi. 

Foto: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati

Biroq karantin davrida shahar ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati cheklangan, qolaversa, uygacha yo‘l uzoqligi tufayli chaqaloq va turmush o‘rtog‘ini uyiga olib ketishda ota Rustam To‘layevda muammo paydo bo‘lgan.

Bu vaziyatda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ijobiy yechim topib, ularga yordam qo‘lini cho‘zdi. Chaqaloq va ota-onasi tartib posbonlarining xizmat mashinasida uyiga yetkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati.

PPX bataloni 1-otryad komandiri, mayor Mahmud Shodiyev hamda PPX bataloni xodimi, katta serjant Javohir Yahyoyevlarning ko‘magi tufayli ular yashash xonadoniga sog‘-salomat eltib qo‘yildi. 

Bu yordamdan yosh oila — Rustam To‘layev hamda Dildora Arabboyevalar ta'sirlanib, IIB xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.

Mavzuga oid