Jahon | 19:58 / 17.04.2020
6318
1 daqiqa o‘qiladi

Uber koronavirus sababli millardlab dollar zarar ko‘rmoqda

SARS-CoV-2 pandemiyasi sababli kiritilgan cheklov choralari bois Uber foydalanuvchilari soni keskin kamaydi.

Foto: Getty Images

Amerikaning Uber taksi servisi koronavirus pandemiyasi sababli milliardlab dollar zarar ko‘rmoqda. Hozirda pandemiya kompaniyaning bu yilgi ko‘rsatkichlariga qay darajada ta'sir ko‘rsatishini oldindan aytish qiyin, deb xabar berdi Uber.

Uber shu paytgacha 1,25 mlrd dollardan 1,45 mlrd dollargacha zarar ko‘rilishini taxmin qilgandi. Kompaniyaning bu yildagi zarari 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Komendantlik soatlari, do‘konlar, ishxonalarning yopilishi va boshqa karantin choralari sababli butun dunyoda Uber xizmatiga talab sezilarli darajada pasaydi.  

Hozirda Uber turli kompaniyalardagi minoritar ulushini 1,9-2,2 mlrd dollarga pasaytirishga majbur bo‘lishi aniq bo‘lib qoldi. Uber Grab, Yandex va Didi kabi taksi hamda yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda minoritar ulushlarga ega. 2019 yil oxirida uning turli kompaniyalardagi ulushlari qiymati qariyb 12 mlrd dollarga baholangandi.

Mavzuga oid