Jahon | 09:19 / 19.04.2020
5403
2 daqiqa o‘qiladi

McDonald's Singapurdagi barcha restoranlarini yopishga qaror qildi

Amerikaning McDonald's korporatsiyasi Singapurdagi tez ovqatlanish tamaddixonalari tarmog‘i faoliyati to‘xtatilganini e'lon qildi. Bu haqda kompaniyaning Facebook sahifasida e'lon joylandi. 

Foto: AFP

"Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq hamda koronavirus tarqalishining oldini olish choralari sifatida barcha chakana savdo 19 apreldan 4 mayga qadar tugatiladi", - deyiladi bayonotda. Ushbu qaror yetkazib berish xizmati hamda "McAuto"ga ham tegishli ekani ochiqlangan. O‘tib borayotgan haftada korporatsiyaning Singapurdagi 7 xodimi koronavirusni yuqtirgani xabar qilingan edi. 

Umuman, Singapurda koronavirus bilan xastalangan bemorlar soni 6 mingga yaqinlashmoqda. Sog‘ayganlar soni 740 kishini tashkil etmoqda. Pandemiya munosabati bilan 7 apreldan 4 aprelgacha qisman karantin choralari e'lon qilingan edi. Bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan va davlatning barqaror turmushini ta'minlash uchun zarur bo‘lmagan barcha korxonalar yopilishini nazarda tutadi. 

Bundan tashqari, maktablar va oliy o‘quv yurtlaridagi mashg‘ulotlar masofaviy ta'limga o‘tkazilgan. Shu bilan birga, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, sartaroshxonalar ishlashda davom etmoqda. Kafe va restoranlar taomlarni yetkazib bermoqda, xolos. Shahar bo‘ylab harakatlanish taqiqlanmadi, jamoat transporti va taksi faoliyatini davom ettirmoqda.

Mavzuga oid