O‘zbekiston | 14:24 / 23.04.2020
23333
1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiy niqob xomashyosi eksportiga va sement importiga cheklov joriy etilmoqda

O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xomashyo eksporti hamda sement mahsulotlari importiga cheklovlar joriy etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23 apreldagi qarori bilan 2020 yilning 1 mayidan 31 dekabriga qadar tibbiy niqob uchun xomashyo eksportiga va koronavirus pandemiyasi davrida sement mahsulotlari importiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. 

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatidagi manba Kun.uz’ga xabar berishicha, ushbu qaror qaror mamlakatdagi ko‘plab qurilish obektlarida ishlar to‘xtab qolgani tufayli sementga bo‘lgan talab tushib ketgani hamda mahalliy sement ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo eksportiga vaqtinchalik cheklov esa ichki bozorni barqaror ta'minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Mavzuga oid