O‘zbekiston | 14:25 / 26.04.2020
23733
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 240 mingdan ortiq kishi koronavirus uchun test qilindi

25 aprel kuni O‘zbekistonda mavjud virusologik laboratoriyalarda 8579ta koronavirus testi o‘tkazildi, shu vaqtga qadar 242536 kishi test qilingan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma'lumotlar berdi. Ma'lum qilinishicha, respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda o‘tgan kuni 8579ta, shu vaqtga qadar 242536ta koronavirus testi o‘tkazilgan.

Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 81079 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Uy sharoitida 62825 nafar, statsionar sharoitda esa 18254 kishi karantinga olingan.

Shu vaqtga qadar 207336 nafar (uy sharoitida 174441 nafar, statsionar sharoitida 32895 nafar) fuqarolar karantindan chiqarildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan hududlar (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari - 585), Buxoro (394), Xorazm (220) va Namangan (183) viloyatlari bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birgalikda, Buxoroda 210 (53 foiz), Xorazmda 61 (28 foiz), Namanganda 57 (31 foiz) bemor sog‘aygan.

O‘z navbatida, Navoiy (2), Jizzax (3) va Qashqadaryo (6) viloyatlarida eng kam zararlanish holatlari qayd etilgan. Hozirgacha Navoiyda 1 kishi (50 foiz), Jizzaxda 1 kishi (33 foiz), Qashqadaryoda 4 kishi (67 foiz) tuzalgan.

Mavzuga oid