Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarini saqlab kelgan shaxs aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi va 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 19 aprel kuni soat 12:30da Bo‘ka tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Uning davomida Bo‘ka tumani Qoraqo‘yli mahallasida yashovchi 56 yoshli S.T.ning xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, hovlidagi molxonasining devori orasidan 75 dona qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan 2 dona 1 litr sig‘imli shisha va 2 dona 0,5 litr sig‘imli baklajkalar ichida quritilgan umumiy vazni 242,05 grammni tashkil qilgan “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi, bundan tashqari xonadon tomorqasida 15 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgani aniqlanib, tadbir jarayonida aniqlangan ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
16:04 / 29.11.2024
3 yoshli bolaning qotili 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024