O‘zbekiston | 15:21 / 27.04.2020
52670
1 daqiqa o‘qiladi

Valeriy Tyan yangi lavozimga tayinlandi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning sobiq rahbari va senator Valeriy Nikolayevich Tyan yangi lavozimga tayinlandi.

Hukumat qaroriga muvofiq, Valeriy Tyan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

U xorijiy aloqalar va vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyat olib boradi.

U bu lavozimda Erkin Hamroyev o‘rnini egalladi. Hamroyev avvalroq Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Ma'lumot uchun, Valeriy Tyan qariyb 15 yil davomida «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasini boshqargan. Respublikada xizmat ko‘rsatgan transport xodimi hisoblanadi.

«Mehnat Shuhrati», «Do‘stlik» va «Fidokorona xizmatlari xizmatlari» ordenlari bilan taqdirlangan.

2010 va 2015 yillarda prezident farmonlariga binoan Valeriy Tyan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib tayinlangan.

Mavzuga oid