Jamiyat | 14:39 / 07.05.2020
50758
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda 3 kishining hayotiga zomin bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yilning 5 may kuni soat 23:30da 31 yoshli R.M. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasida Sayxunobod tumani “Do‘stlik” MFY hududida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketib yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi R.M. avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid