Air France harorati yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni samolyotlarga qo‘ymaydi
Air France aviakompaniyasi samolyotlarga tana tarorati 38 darajadan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilarni qo‘yishga qaror qildi. Undan yuqori haroratga ega odamlar reyslarga qo‘yilmasligi mumkin, ularning reysi sanasi qo‘shimcha to‘lovlarsiz kechroq sanaga o‘zgartirib beriladi.
11 may kunidan aeroportlar xodimlari aviakompaniya yo‘lovchilarining haroratini o‘lchay boshlaydi. Harorat teplovizorlar bilan o‘lchanadi. Yo‘lovchilar yangi qoidalar haqida elektron pochta, sms va sayt orqali xabardor qilinadi.
Bundan tashqari, 11 maydan yo‘lovchilar aviakompaniya samolyotlarida niqoblarda bo‘lishlari kerak. Shuningdek, parvoz vaqtida ekipaj a'zolari ham niqoblarda bo‘ladi. Yo‘lovchilar zarurat bo‘lganda bir-birlaridan uzoqroq joylashtiriladi. Air France’da ta'kidlanishicha, yo‘lovchilarning kamligi bunga imkon beradi.
Shuningdek, yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari orasida muloqot cheklanadi: ichki va uzoq davom etmaydigan reyslarda yo‘lovchilarga ichimliklar va taomlar berilmaydi, uzoq davom etuvchi parvozlarda esa individual qadoqlardagi yeguliklar tortiladi.
May boshida Halqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) samolyotlarda yo‘lovchilar va ekipaj a'zolarini niqoblar taqishga chaqirgan. Biroq yo‘lovchilarning samolyotlarda ijtimoiy masofalashuvi qo‘llab-quvvatlanmagan, chunki IATA’da ta'kidlanishicha, yo‘lovchilarning orada bo‘sh joylar qoldirilib o‘tqazilishi samolyotning 63 foizgagina to‘lishiga olib keladi, vaholanki samolyot eng kamida 77 foiz yuklangandagina rentabel bo‘ladi. Agar samolyotlarda ijtimoiy masofalashuv qoidalari qo‘llansa, unda chiptalar narxi 34-54 foizga oshib ketishi mumkin.
IATA koronavirusdan himoyalanishning muqobil choralari sifatida yo‘lovchilar haroratini o‘lchash, salonlarning tez-tez va yaxshilab tozalanishi, bortda harakatlanishlarni cheklash va taomlar tarqatilishi jarayonini soddalashtirishni taklif qilgan.
Avvalroq parvoz oldidan yo‘lovchilar haroratini o‘lchashni Air Canada aviakompaniyasi joriy qilgandi.
Mavzuga oid
11:26 / 06.12.2024
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga yanada sovuq havo massalari kirib keladi
19:03 / 07.11.2024
2024 yilda o‘rtacha global harorat 1,5 darajaga oshadi. Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvida bunga yo‘l qo‘ymaslik belgilangan
08:30 / 25.10.2024
Sanepidqo‘mita sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerakligini tushuntirdi
16:14 / 18.10.2024