Jamiyat | 08:35 / 13.05.2020
11025
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ikkita «Damas» to‘qnashdi

Holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Joriy yilning 11 may kuni soat 10:30larda, Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Ko‘prikboshi MFY hududidan o‘tgan 4R avtomobil yo‘lining 136-km.da yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Xo‘jaobod-Nargiz» yo‘nalishida haydovchi, 1999 y.t. S.X. «Damas» rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, oldinda o‘zi bilan bir yo‘nalishda chap tomonga burilayotgan haydovchi, 1967 y.t. M.Yu. boshqaruvidagi «Damas» rusumli transport vositasiga urilib, ag‘darilgan.

Natijada, haydovchi S.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda «Yo‘l harakati qoidalari»ga amal qilishingizni, aholi yashash joylarida tezlikni me'yoridan oshirmasligingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz», - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid