O‘zbekiston | 11:47 / 19.05.2020
27476
1 daqiqa o‘qiladi

Muborak tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi

Ulug‘bek Ernazarov Muborak tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ish boshladi 

Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ulug‘bek Ernazarov

Ulug‘bek Ernazarov Muborak tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ish boshladi. U shu paytga qadar Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 aprel kuni G‘ayrat Jovliyev Muborak tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi. 

Muborak tumani hokimi vazifasini bajarish shu vaqtgacha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklangandi.

Mavzuga oid