Microsoft Ilon Mask kompaniyasi uchun superkompyuter ishlab chiqardi
Kompyuter quyidagi texnik tavsifga ega: 285 000ta yadro protsessori (CPU core), 10 000ta grafik protsessor (GPU) va tarmoq o‘tkazish qobiliyati har bir GPU-server uchun soniyasiga 400 gigabit.
Microsoft korporatsiyasi dunyodagi eng kuchli beshta superkompyuterdan birini yaratdi.
Bu haqda Microsoft Build konferensiyasida ma'lum qilindi.
Yangi superkompyuter OpenAI notijorat tadqiqot tashkiloti uchun yaratilgan. Tashkilot asoschilari SpaceX rahbari Ilon Mask va Y Combinato venchur fondining sobiq rahbari Sem Altman hisoblanadi.
Kompyuter quyidagi texnik tavsifga ega: 285 000ta yadro protsessori (CPU core), 10 000ta grafik protsessor (GPU) va tarmoq o‘tkazish qobiliyati har bir GPU-server uchun soniyasiga 400 gigabit.
Microsoft superkompyuteri Azure bulutli platformasi asosida ishlab chiqarilgan.
Superkompyuter turli modellar va AI-algoritmlar uchun ma'lumotlarni hisoblaydi.
Mavzuga oid
17:20 / 10.12.2024
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi
19:15 / 03.12.2024
Britaniya Microsoftʼga qarshi 1,27 mlrd dollarlik antimonopoliya da’vosini kiritdi
18:24 / 28.11.2024
Bloomberg: AQShda Microsoftʼga nisbatan keng ko‘lamli tergov boshlandi
00:49 / 30.10.2024